Modulning maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini oliy ta'limning normativ-huquqiy asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, normativ hujjatlarni qo‘llashdagi muammolarni aniqlash, tahlil etish, shuningdek, ularda oliy ta'limning normativ-huquqiy asoslari to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish. Modulning vazifalari: - oliy ta'limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonun hujjatlarini tahlil etish; - oliy ta'limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonun osti hujjatlarini tahlil etish; - tinglovchilarda normativ - huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirish; - oliy ta'limga tegishli bo‘lgan normativ -huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatish; - normativ - huquqiy hujjatlarga amal qilish va ularni ijrosini ta'minlash; - tinglovchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirish.
Sayt matnida yoki sahifada xatolikka duch kelsangiz, matnni ajratib Ctrl+Enter tugmalarini bosing.