Nizomiy TDPU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
ularni malakasini oshirish tarmoq markazi
Markazning rasmiy nomi:
davlat tilida: “Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi”,
qisqa nomi – Tarmoq markazi;
rus tilida: “Отраслевой центр переподготовки и повышения квалификации педагогических кадров при Ташкентском государственном педагогическом университете”,
qisqa nomi – Отраслевой центр;
ingliz tilida: “The branch center for Retraining and In-Service Training of Academic Staff under Tashkent state pedagogical university”,
qisqa nomi – The branch center.
Markazning maqsadi va vazifalari
- Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
- Malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, turdosh oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari tarkibi va o‘quv-yordamchi xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, muhandis-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlarining malakasini oshirish, sohadagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish.
Markazning asosiy vazifalari:
- Tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarini qayta ko`rib chiqish, o‘quv dasturlariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflarni tashkil etish;
- ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni amaliyotga joriy etish.
Markaz quyidagi huquqlarga ega:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z vakolati doirasida hamkorlik shartnomalarini tuzish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning dolzarb ilmiy muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha respublika va xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalarini ommalashtirish;
- ta’lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
- xalqaro ta’lim va ilmiy muassasa hamda turli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari va iqtisodiyot sohalari korxona hamda tashkilotlar xodimlari uchun pulli-shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ustavga zid bo‘lmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.
Markazning tinglovchilarining huquqlari:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- markaz axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
- maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
- ta’lim jarayoniga tegishli vositalardan o‘rnatilgan tartibda foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda markaz rahbariyatiga bildirish;
- markaz miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish;
- sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Markaz tinglovchilarining majburiyatlari:
- tinglovchilar o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart;
- tinglovchilar markazda mavjud qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari o‘quv rejasi va ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari, zarur hamda markazning Ustaviga, ichki mehnat tartib qoidalari va tinglovchilar turar joylari qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart;
- Ushbu Ustav va markazning Ichki mehnat tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, tinglovchiga nisbatan quyidagi intizomiy choralar ko‘riladi: ogohlantirish yoki tinglovchilar safidan chetlatish.
Tinglovchilar markazdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
- o‘z hohishiga binoan;
- salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumotnomasi asosida);
- shartnoma asosida o‘qitish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagani uchun (shartnoma asosida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun);
- o‘quv intizomini va markazning Ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Tinglovchilarning o‘zlashtirishi reyting baholash tizimi asosida nazorat qilinadi. Reyting balini jamlashda:
- har haftalik assesmentlar natijalari (joriy nazorat);
- pedagogik (malaka) amaliyot yakunlari;
- kursni tamomlagandan keyingi test sinovlari natijalari;
- loyiha ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.
Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan ko‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqdagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, shuningdek tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.
Markazning pochta manzili – 100100
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani
Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 103-uy. Tel: 255-47-14, fax: 255-47-14.