Metodik qo‘llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalarida “Pedagogika nazariyasi” fanini o‘qitish uchun yordamchi manba sifatida yaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat siyosati va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, pedagogikaning umumiy mohiyati, shaxsning ijtimoiy rivojlanishi, tarbiya nazariyasining ustuvor g‘oyalari, maktab, ta'lim va tarbiya tizimlarining tarixiy taraqqiyoti, o‘quvchilar jamoasi va uning shakllanishi, ijtimoiy tarbiya turlari, oila tarbiyasi, didaktika (ta'lim nazariyasi), ta'lim menejmenti va maxsus (korreksion) pedagogika asoslariga oid 1000 ta savol va 1000 ta javob jamlangan.
Mazkur qo‘llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalarining talabalari, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogik bilimlar bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Sayt matnida yoki sahifada xatolikka duch kelsangiz, matnni ajratib Ctrl+Enter tugmalarini bosing.