Nomlanishi | 1001 savolga psixologning 1001 javobi | ||
Muallifi | Psixologiya fanlari doktori, professor Shoumarov G‘. B. tahriri ostida | ||
Taqrizchi | Psixologiya fanlari doktori, professor Karimova V.; Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Otajonov M. |
||
Majmua | Psixologiya | ||
Nashr yili | 2000 | Kiritilgan sana | 02.10.2016 |
Yozuvi | Kirill | Tili | O‘zbekcha |
Sahifasi | 192 bet | ISBN | 5-8244-1388-6 |
Aziz kitobxon! Har birimiz nihoyatda qisqa, shu bilan birga semazmun, takrorlanmas va murakkab bo‘lgan hayotimizda juda ko‘p jumboqli vaziyatlarga duch kelamiz. O‘z-o‘zidan ulardan hciqish yo‘llarini qidiramiz. Hayot, taqdir qo‘ygan savollarga javob izlaymiz. Ba'zan malakali maslahatchini topamiz. Gohida esa maslahatchilarimizning saviyasi murojaa qilgan masalamiz yuzasidan o‘zimizning bilimlarimizdan qolishmasligiga amin bo‘lamiz. Natijada, noto‘g‘ri, buzilgan tasavvurlar shakllanib, u hayotiy muammolarni to‘g‘ri talqin etish va yechishga imkon bermaydi yoki zarar keltiradi. |