Ushbu kursning asosiy didaktik maqsadi pedagog kadrlarni pedagogik kvalimetriya fanining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik kvalimetriyaning metodlarini innovatsion vosita sifatida tanishtirish orqali ularning kasbiy-5 pedagogik tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan maqsadga muvofiq qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish sanaladi.
· “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, huquqiy-me'yoriy hujjatlarda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
· O‘qituvchilarda ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan samarali foydalanish uchun nostandart test topshiriqlarini maqsadga muvofiq tuzish va amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
· O‘qituvchilarni o‘z pedagogik faoliyatini pedagogik kvalimetriya metodlaridan biri mashg‘ulotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, tahliliy - tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Sayt matnida yoki sahifada xatolikka duch kelsangiz, matnni ajratib Ctrl+Enter tugmalarini bosing.