Modulning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida jamiyat rivojlanishi, ijtimoiy xayot asoslari va ta'lim- tarbiyaga doir yangicha g‘oya va qarashlarining ilmiy asoslanganligini ko‘rsatishdan iborat. Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilarini ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy metodologik asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, jamiyat rivojlanishiga doir hamda ta'lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi ayrim muammolar va kamchiliklarni aniqlash, tahlil etish, baholash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya masalalari” modulining vazifalari:
jamiyat rivojlanishiga doir yangicha g‘oya va qarashlarni ilmiy 7 asoslanganligini yoritishdan iborat;
jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya masalalarining metodologik asoslari mazmun va mohiyatini to‘g‘ri idrok etish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish;
tinglovchilarning Islom Karimov asarlarida jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya masalalarining metodologik asoslarini tahlil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya jarayonlariga tegishli davlat rahbarining konseptual g‘oyalarini joriy etishning tasirchan va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatish;
bozor munosabatlariga o‘tishda xalqimizga va jamiyatimizga xos qaysi omillar hisobga olinganligiga e'tibor qaratish.
Sayt matnida yoki sahifada xatolikka duch kelsangiz, matnni ajratib Ctrl+Enter tugmalarini bosing.